Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norvegiya qiroli shifoxonaga yotqizildi

Norvegiya qiroli shifoxonaga yotqizildi

Norvegiya qiroli Harald V Ispaniyaning Tenerife orolidagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Norvegiya qirollik saroyi rasmiy bayonot berdi.

«Qirol hazrati oliylari kecha oqshom Tenerifedagi Hospital Universitario Hospiten Sur shifoxonasiga yotqizildi. Qirol infeksiya va suvsizlanish tufayli muolaja olmoqda, hozirda uning ahvoli yaxshi», — deyiladi bayonotda.

Qirolning saroy shifokori Tenerifiga jo‘nab ketgan. Xabarga ko‘ra, Norvegiya qiroli va qirolichasi qishki ta’tilni Tenerifeda o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Ma’lumot uchun: Xarald V shu yilning 21 fevral kuni 89 yoshini qarshilagan edi. So‘nggi yillarda monarxning salomatligi bir necha bor yomonlashgan. Xususan, o‘tgan yili Malayziyadagi ta’tili paytida ham infeksiya tufayli shifoxonaga yotqizilib, yuragiga kardiostimulyator o‘rnatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring