Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Teotiuakan ehromidagi qotillik: Meksikada noma’lum shaxs sayyohlarni nishonga oldi

Teotiuakan ehromidagi qotillik: Meksikada noma’lum shaxs sayyohlarni nishonga oldi

Foto: Wilson Tovar / Unsplash.com

Meksikadagi Teotiuakan arxeologiya majmuasi hududida qurollangan shaxs sayyohlarni o‘qqa tutdi. U 20 dan ortiq o‘q uzgan va shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan, deb yozdi Associated Press.

Nashr manbalarining xabar berishicha, o‘q uzgan shaxs 27 yoshda bo‘lgan. Uning yonidan to‘pponcha, pichoq va o‘q-dorilar topilgan.

Jinoyatchi mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida o‘nlab sayyohlar Oy piramidasi cho‘qqisida bo‘lgan vaqtda o‘t ochishni boshlagan.

Hodisa oqibatida Kanada fuqarosi halok bo‘ldi. 13 kishi jarohat oldi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. U jabrlanganlarga hamdardlik bildirib, Kanada elchixonasi bilan aloqada ekanini qo‘shimcha qildi.

Teotiuakan majmuasi Mexiko shahri chetida joylashgan bo‘lib, uchta qadimiy sivilizatsiya tomonidan qurilgan ulkan inshootlar hisoblanadi. 2025-yilda ushbu majmuaga 1,8 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Hodisadan so‘ng ehromlar vaqtincha yopildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring