Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj joriy qilmoqchi

Tramp Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj joriy qilmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-noyabrdan boshlab Xitoydan import qilinadigan barcha tovarlarga qo‘shimcha 100 foizlik boj to‘lovi joriy etilishini ma’lum qildi.

CNN nashrining yozishicha, umumiy boj miqdori 130 foizgacha yetishi mumkin.

«AQSh Xitoyga nisbatan 100 foizlik boj to‘lovini amalga oshiradi, bu amaldagi tariflarga qo‘shimcha bo‘ladi», – deb yozdi Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

Shuningdek, u AQSh strategik ahamiyatga ega dasturiy ta’minot eksporti bo‘yicha yangi nazorat choralari ham ko‘rishini qo‘shimcha qildi, ammo tafsilotlarni ochiqlamadi.

Bu bayonot Xitoyning o‘z navbatida kamyob metalllar eksportiga cheklovlar joriy etganidan keyin e’lon qilindi. Mazkur metalllar Amerika ishlab chiqarish sanoati uchun juda muhim hisoblanadi.

Tramp hali aprel oyidayoq dunyoning 180 ga yaqin davlati bilan yangi savdo urushini boshlab, import tovarlariga bojlarni oshirishini e’lon qilgan edi.

Ayniqsa Xitoy mahsulotlariga nisbatan tariflar keskin oshirildi. Javob sifatida Pekin ham Amerika tovarlariga bojlarni ko‘tardi. Savdo urushi avj olgan davrda AQSh bojlari 145 foiz, Xitoyniki esa 125 foizgacha yetgan. Keyinchalik ikki davlat boj miqdorini pasaytirgan – AQSh 30 foizgacha, Xitoy esa 10 foizgacha.

Endi Trampning yangi qaroridan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy ziddiyatlar yana kuchayishi ehtimol qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring