Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venesuela neft konlarini AQSh kompaniyasiga beradi

Venesuela neft konlarini AQSh kompaniyasiga beradi

Amerikaning North American Blue Energy Partners kompaniyasi Venesuelada ilgari Rossiya va Xitoy kompaniyalari boshqargan qator neft konlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi.

Amerikaning North American Blue Energy Partners (NABEP) kompaniyasi Venesueladagi bir qator neft konlarini boshqarish huquqini oladi. Ushbu konlarda avval bir nechta Xitoy va bitta Rossiya kompaniyasi faoliyat yuritgan.

Ma’lum qilinishicha, NABEP Venesuelada neft qazib olish bo‘yicha jami 14 ta shartnomani qo‘lga kiritadi va konlarning operativ boshqaruvini amalga oshiradi.

Kelishuvga ko‘ra, AQSh hukumati kompaniyada 35 foiz ulushga ega bo‘ladi. Shuningdek, Vashington qazib olinadigan neftning 20 foizini tannarx bo‘yicha ustuvor tarzda sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bu kelishuv AQShning Venesuela neft sanoatidagi ishtirokini yanada kengaytirishi kutilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring