Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada baliq 3,2 mln dollarga sotildi

Yaponiyada baliq 3,2 mln dollarga sotildi

«Kiyomura Co.» prezidenti Kiyoshi Kimura Yaponiya tarixidagi eng qimmat baliqni xarid qildi.

Foto: AP Photo

Tokioning Toyosu bozorida 5 yanvar kuni o‘tkazilgan auksionda 243 kg og‘irlikdagi ko‘k tunets 510 mln iyena (taxminan 3,2 mln dollar)ga sotildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Baliq Yaponiya shimolidagi Aomori prefekturasi qirg‘oqlarida ovlangan. U uchun to‘langan pul 1999-yildagi oldingi rekordni yangiladi. O‘shanda tunets 333,6 million iyena (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha taxminan 2,9 million dollar)ga sotilgan.

Foto: AP Photo

Savdo tashkilotchilarining ta’kidlashicha, yirik xaridlar yil davomida biznesda muvaffaqiyat qozonishga ishonch bilan bog‘liq. Bundan tashqari, birinchi savdoda asosiy lotni sotib olish mamlakatning eng qimmat balig‘ini tatib ko‘rish uchun navbatda turishga tayyor mijozlarning e’tiborini tortadi.

O‘tgan yili Tokio bozoridagi kimoshdida, garchi og‘irroq bo‘lsa-da, tunets qariyb ikki baravar arzonga sotilgandi. 276 kiloli baliq uchun xaridor 1,7 mln dollar to‘lagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring