Yaponiyada kuchli zilzila takrorlandi
Yaponiya shimoli-sharqidagi Aomori prefekturasi sohillari yaqinida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat milliy meteorologiya boshqarmasi 1 metr balandlikdagi sunami yuzaga kelishidan ogohlantirdi.
Zilzila o‘chog‘i 20 km chuqurlikda joylashgan. Miyagi, Ivate, Aomori prefekturalari hamda Hokkaydo qirg‘oqlariga sunami xavf solmoqda.
8 dekabr sanasida xuddi shu hududda 7,5 magnitudali zilzila yuz berib, 70 santimetrgacha balandlikdagi sunami hosil bo‘lgandi. O‘shanda yer osti silkinishilaridan 40 kishi jabrlangan. Seysmologlar kuchli aftershoklar (takroriy zilzilalar) yuz berishi mumkinligidan ogohlantirishgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter