Yaponiyada qatorasiga ikkinchi marta kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Yaponiya shimolida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida mamlakat meteorologiya agentligi xabar berdi.
Yer silkinishlari Aomori prefekturasining sharqiy sohillarida kuzatilgan. Zilzila epitsentri 10 km chuqurlikda joylashgan.
Yaponiyada 8-dekabr sanasida bundan ham kuchliroq — 7,6 magnitudali yer silkinishi qayd etilgandi. Shundan so‘ng mamlakat sharqiy va shimoli-sharqiy sohillarida sunami xavfi e’lon qilingandi. Myeteorologiya agentligi balandligi taxminan uch metrli sunami yaqinlashishidan ogohlantirgan. Ayni paytda Aomori prefekturasida 40 santimetr, Hokkaydoda 20 santimetr balandlikdagi to‘lqin kuzatilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter