Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Tramp reytingi keskin tushib ketdi
Trampni qo‘llab-quvvatlash reytingi Erondagi vaziyat fonida rekord darajada – 36 foizgacha tushib ketdi. Trampning bu boradagi ko‘rsatkichlari u prezidentlikni qabul qilib olgan ilk oylarda 47 foizni, Yaqin Sharqdagi urush oldidan esa 40 foizni tashkil qilgan edi.
Reuters/Ipsos so‘rovida qayd etilishicha, 25 foizgina amerikalik Trampning narx-navo bo‘yicha siyosatini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Oq uy rahbarini iqtisodiy sohada 29 foiz aholi qo‘llab-quvvatlagan. 61 foiz aholi esa AQShning Eronga zarbalariga qarshi.
Shu bilan birga, aholining 63 foiz amerikalik iqtisodiyotni «zaif» deb baholagan.
Qayd etilishicha, bu Tramp Oq uyga qaytganidan beri eng past daraja hisoblanadi. Buning asosiy sabablari sifatida Eron bilan urush hamda benzin va yashash xarajatlarining oshishi ko‘rsatilgan.
Muhim jihati shundaki, Tramp saylov kampaniyasida «yangi urushlardan qochish» va’da qilgan edi. Ammo Eron bilan ziddiyat va neft narxlarining o‘sishi uning pozitsiyalariga bosimni kuchaytirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter