Zelenskiy Shavkat Mirziyoyevga tabrik uchun minnatdorlik bildirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Ukraina yetakchisiga yo‘llagan tabrik maktubida uni va Ukraina xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan qutlagan.
«Ishonchim komilki, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar kelgusida ham mushtarak sa’y-harakatlarimiz bilan izchil rivojlanib boradi», – deyiladi O‘zbekiston Prezidenti tabrigida.
Davlat rahbari Volodimir Zelenskiyga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan yutuqlar, Ukraina xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.
Volodimir Zelenskiy esa Shavkat Mirziyoyevga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Ukraina O‘zbekiston bilan an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
«Ukraina O‘zbekiston bilan an’anaviy do‘stlikni yuksak qadrlaydi va ikki tomonlama hamkorlik, savdo hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga sodiq qoladi», – dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinch va farovon kelajak tiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter