Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkilamchi avtomobil bozorida savdo pasaydi – ITIM

Ikkilamchi avtomobil bozorida savdo pasaydi – ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida O‘zbekistonda barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 88,2 ming donani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga kamdir.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon mamlakatda jami 348,5 mingta avtotransport vositasi sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 4,1 foizga yuqori bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi — 11,8 foiz. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida o‘sish 11 foizni, Samarqand viloyatida esa 10,9 foizni tashkil qildi.

Aprel oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 24,9 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 3,6 foizga kamaygan.

Biroq mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarga talab oshgan. Xususan, aprel oyida qariyb 21,3 mingta mahalliy yengil avtomobil sotilgan va bu o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga ko‘p bo‘lgan.

Markaz sharhida qayd etilishicha, bozordagi pasayish asosan xorijiy avtomobillar savdosining qisqarishi bilan bog‘liq. Aprel oyida yangi xorijiy avtomobillar savdosi 3,6 ming dona atrofida bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizdan ortiqqa kamaygan.

Ikkilamchi bozorda ham pasayish kuzatilgan. Foydalanilgan yengil avtomobillar savdosi 43,7 ming donani tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 15 foizdan ortiqqa kam hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring