Saida Mirziyoyeva: «Asosiy vazifa – kelishuvlarni yangi ish o‘rinlariga aylantirish»
Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, yig‘ilishda 100 dan ortiq kompaniya vakillari bilan sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
«Endi oldimizdagi asosiy vazifa — erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdir», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
U Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter