AQSh Ukrainaga boshqa davlatlardan Patriot raketalari yetkazilishiga ruxsat bermayapti – WP
AQSh ma’muriyati boshqa davlatlar ixtiyoridagi Patriot havo mudofaasi tizimlari uchun mo‘ljallangan ayrim raketalarni Ukrainaga topshirishga hozircha ruxsat bermagan.
The Washington Post manbalariga ko‘ra, Pentagon rahbari Pit Hegset ushbu yetkazib berishlarni rasman rad etmagan, biroq ularni tasdiqlash uchun zarur tartiblarni ham yakunlamagan.
Amerikada ishlab chiqarilgan qurollarni uchinchi davlatga topshirish uchun Vashingtonning roziligi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu holat Ukrainada Patriot tizimlari uchun raketa zaxiralari tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda yuz bermoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter