Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi. Soliqlari ham oshirib hisoblanadi

Endi dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi. Soliqlari ham oshirib hisoblanadi

O‘RQ–1128-son qonun bilan ayrim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi jarimaga sabab bo‘ladi. Bunda jarima miqdori BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha etib belgilangan.

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra esa O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda har yili 1 maygacha maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi ko‘zda tutildi.

Mazkur axborotga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring