Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uyda rostdan ham akula boqilganmidi? — Ekologiya boshqarmasi izoh berdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uyda rostdan ham akula boqilganmidi? — Ekologiya boshqarmasi izoh berdi

Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Avvalroq tarmoqda Farg‘ona viloyatidagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida akula boqilayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish natijasida Farg‘ona shahri «Muruvvat» mahallasida yashovchi fuqaro T.M. tomonidan aslida akula emas, balki siam somi balig‘i boqilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

«Afsuski, internetda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilyapti, degan noto‘g‘ri xabar tarqalib ketdi. Buning uchun uzr so‘rayman. Hozirda baliqlarni yerto‘lada emas, uyimning hovlisiga joylashtirganman», — dedi fuqaro.

Ma’lum qilinishicha, siam somi akvarium balig‘i hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshaganligi uchun uni «akulasifat som» (akuliy som) yoki pangasius deb atashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring