Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan bir qator lavozimlarga tayinlovlar amalga oshirildi.

Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Jamshid Jaxongirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Sardor Alisherovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring