Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda fuqaro xorijdan keltirilgan 24 kgdan oshiq narkotik bilan qo‘lga tushdi

Andijonda fuqaro xorijdan keltirilgan 24 kgdan oshiq narkotik bilan qo‘lga tushdi

Videodan kadr

Qo‘shni davlatdan olib kelingan 24 kg.dan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi.

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973-y.t., muqaddam narkojinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs o‘zining qirg‘izistonlik tanishlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi xufiya joyga yashirib ketilgan 24 kg 475 gr «gashish» moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi hamda 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Tergov harakatlari doirasida uni jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring