«Haj» ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 26 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Namangan shahrida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs «Haj-2026» mavsumida fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, katta mablag‘ talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Tegishli idoralar ma’lumotiga ko‘ra, u Chust tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish evaziga 26 ming AQSh dollari so‘ragan.
Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Unda gumonlanuvchi 6 ming dollar pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ta’kidlanishicha, «Haj» ziyoratini tashkil etish faqat rasmiy tartib asosida amalga oshiriladi. Bu jarayon Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Saudiya Arabistonining tegishli idoralari o‘rtasidagi kelishuvlar asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, ziyoratchilarni yuborish ishlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa shaxslar yoki norasmiy takliflar orqali safar uyushtirish qonunga zid hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter