FVV «Chorsudagi yong‘in» bo‘yicha izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Chorsu bozorida yong‘in chiqdi» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu xabarga izoh berdi.
Bugun, 29-may kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Saqichmon ko‘chasida joylashgan savdo bozorida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha do‘konlarning yerto‘lasida elektr kabeli erishi oqibatida tutun hosil bo‘lgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan, deyiladi FVV xabarida.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter