Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaylida bir oilaning 3 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Xo‘jaylida bir oilaning 3 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

2025-yil 13-dekabr kuni Xo‘jayli tumani «Samanko‘l» mahallasidagi «Faxriylar» ko‘chasida joylashgan uyda og‘ir oqibatli baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

Hodisa joyiga tezkor ravishda tergov-operativ guruh a’zolari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Torebekov, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i A. Dauletov, tuman hokimi J. Yermashev, tuman prokurori A. Xalimov, shuningdek IIB, FVB va Gaz ta’minoti korxonasi xodimlaridan iborat ishchi guruh yetib borib, hodisa yuzasidan o‘rganish va ko‘zdan kechirish ishlarini amalga oshirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13-dekabr kuni Samanko‘l mahallasi Qamishqal’a aholi punkti, Faxriylar ko‘chasidagi uyni ijaraga olib, ikki nafar farzandi bilan yashab kelgan fuqaro A.J. uyni isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, uning mo‘risini kesib tashlagan hamda pechni boshqa xonaga ko‘chirib, mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga qonunga xilof ravishda ulagan.

Natijada uy a’zolari gaz yonishidan hosil bo‘lgan tutun, ya’ni is gazidan kuchli zaharlanib, fuqaro A.J. hamda uning farzandlari — 2011-yil tug‘ilgan A. S. (8-sinf o‘quvchisi) va 2015-yil tug‘ilgan A. Q. (4-sinf o‘quvchisi) hodisa joyida vafot etgan.

Ayni paytda mazkur hodisa yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring