Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida bir oilaning 3 a’zosi iz gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyatida bir oilaning 3 a’zosi iz gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani IIB Navbatchilik qismiga tumanning «Yangi Turmush» mahallasi Go‘zal ko‘chasidagi xonadonda vaqtincha yashab kelgan 1946-yilda tug‘ilgan S.M. (ayol), uning nevarasi – 1988-yilda tug‘ilgan Yu.D. (ayol) hamda evarasi – 2008-yilda tug‘ilgan J.M.lar vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

O‘rta Chirchiq tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasi ularni is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasida vafot etganini aniqlagan.

Ayni paytda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring