Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy xizmatdan ish va’da qilgan uddaburon qo‘lga olindi

Harbiy xizmatdan ish va’da qilgan uddaburon qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikdao‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro X.I. o‘zini go‘yoki Departament organlarida ishlaganligini aytib, DXX Chegara qo‘shinlarida xizmat qiluvchi mansabdor shaxslar bilan yaqin aloqalari mavjudligini bildirgan. U ariza muallifi M.Q.ni shartnoma asosida harbiy xizmatga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 21-mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. ariza muallifidan talab qilingan 1000 AQSh dollari miqdoridagi, ya’ni 12,2 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘rganishlar davomida qo‘lga olingan fuqaro X.I. davlat idoralarida, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlarida ishlamaganligi aniqlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring