Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Jamshid Xatamov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Akmal Haydarov hamda Prezident Administratsiyasi sho‘’ba boshlig‘i Aziz To‘ychiyev rahbarligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda ushbu yo‘nalish uchun mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda iqtisodiy sohadagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda joriy yilning dastlabki besh oyi davomida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etish, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ustidan doimiy monitoring o‘rnatish maqsadida «kundalik so‘rov» tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga mas’ul tashkilotlar faoliyatini KPI tizimi asosida baholab borish, sohadagi mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring