Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mas’ullarga ish o‘rinlarini «soyadan chiqarish» choralarini ko‘rish topshirildi

Mas’ullarga ish o‘rinlarini «soyadan chiqarish» choralarini ko‘rish topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishda ish o‘rinlarini «soyadan chiqarish» masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Mahallalarda hokim yordamchisi, soliq inspektori tushuntirish ishlarini olib borishi, manzilli ishlab, kelasi yilda kamida 250 mingta xodimni legallashtirishi muhimligi qayd etildi.

Yaqinda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha imzolangan farmonga muvofiq, xususiy sektordagi ishchilarga ham kasallik va dekret pulini davlat to‘lab beradi.

Bu ham «soyadan chiqib», rasmiy ishlash uchun katta turtki bo‘ladigan muhim mexanizm ekani ta’kidlandi.

Shu bois, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va viloyat hokimlariga bu tizimni samarali ishlatib, kelgusi yilda 100 ming, 2027 yilda yana 200 ming ish o‘rnini «soyadan chiqarish» choralarini ko‘rish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring