Namangan shahar sobiq hokimi ustidan sud ishi boshlandi
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudida Anvar Otaxo‘jayev (1972-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Jami 6 nafar sudlanuvchining barchasi erkak bo‘lib, 3 nafar sudlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish», 3 nafariga esa «munosib xulq-atvorda bo‘lish» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 206, 209, 28,209, 210, 28,211 va 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahar hokimining 60 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushgani xabar qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter