Toshkentda olgan pullarini qaytarayotgan FVB xodimi qo‘lga olindi
DXX axborot xizmati xabarida aytilishicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasining Yunusobod tuman boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berishni va’da qilib, joriy yilning fevral oyida MChJ rahbaridan 6,5 mln so‘m olgan.
Biroq, u turli bahonalar bilan va’dasini bajarmasdan kelganligi sababli, fuqaro undan pullarini qaytarishni talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter