Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qaysi davlatlar?

O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qaysi davlatlar?

2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat tashqi savdosida Xitoy va Rossiya yetakchilikni saqlab qolmoqda.

O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori Xitoy bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 6,2 mlrd dollarga yetdi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya egallab, savdo aylanmasi 4,5 mlrd dollarni tashkil qildi.

Ushbu ikki davlat hissasiga mamlakat tashqi savdo aylanmasining qariyb 41 foizi to‘g‘ri keldi. Bu esa O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarida mazkur bozorlarning ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, tashqi savdo aylanmasida keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston, Turkiya va Afg‘oniston egalladi. Qozog‘iston bilan savdo hajmi 1,8 mlrd dollarga yetgan bo‘lsa, Turkiya bilan mazkur ko‘rsatkich 920,6 mln dollar bo‘ldi.

Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi 728,2 mln dollarni tashkil etdi. Shuningdek, Koreya Respublikasi bilan 638,3 mln dollarlik, Birlashgan Arab Amirliklari bilan esa 626,7 mln dollarlik savdo amalga oshirildi.

Reytingning keyingi pog‘onalaridan Fransiya, Germaniya va Hindiston joy oldi. Bu davlatlar bilan tashqi savdo hajmi 400 mln dollardan yuqori bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring