Alisher Sultonov lavozimidan olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Saidabbasovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.
2019-2022 yillarda energetikaga mas’ul vazir Alisher Sultonov 2023-yilning 18-mayida Prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14-iyul kuni Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimi Prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘zgartirilgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter