Vengriya Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatyapti
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaga gaz yetkazib berishni bosqichma-bosqich to‘xtatishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu cheklovlar «Do‘stlik» neft quvuri orqali tranzit qayta tiklanmaguncha amal qiladi.
Orbanning ta’kidlashicha, mamlakat o‘z energiya xavfsizligini ta’minlash uchun qolgan gaz zaxiralarini ichki bozorda saqlab qolishga qaror qilgan. Bu qaror Ukraina bilan energetik munosabatlardagi keskinlikni yangi bosqichini anglatadi.
Shu bilan birga, Budapesht va Kiyev o‘rtasida siyosiy ziddiyatlar ham kuchaymoqda. Orbanning aytishicha, Ukraina maxsus xizmatlari Vengriya tashqi ishlar vaziri telefonini tinglagan bo‘lishi mumkin – bu holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Yevropa Ittifoqi doirasida ham Vengriyaga nisbatan ishonch muammosi yuzaga kelmoqda. Politico ma’lumotiga ko‘ra, Bryussel Budapeshtni maxfiy muzokaralardan cheklagan, chunki u ma’lumotlarni Moskvaga uzatishi mumkin, degan xavotirlar bor.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter