Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin rossiyalik boylardan Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishni so‘ragan – The Bell

Putin rossiyalik boylardan Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishni so‘ragan – The Bell

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik kompaniyalar rahbarlarini Ukrainadagi harbiy kampaniyani moliyalashtirish uchun “ixtiyoriy” tarzda mablag‘ ajratishga da’vat qildi.

The Bell nashri ushbu bayonotni Rossiya sanoatchilari va tadbirkorlari ittifoqi qurultoyidan keyingi yopiq uchrashuvda yangraganini aytadi.

Rasmiy qismda Putin global iqtisodiyotdagi beqarorlik, Yaqin Sharqdagi urushning logistika va ishlab chiqarish zanjirlariga ta’siri haqida gapirgan. U biznesni davlat bilan yaqin hamkorlik qilishga chaqirgan va neft-gaz sohasidagi yuqori daromadlarni “bir martalik manfaat” sifatida sarflab yuborishdan ogohlantirgan. Uning fikricha, bu daromadlar uzoq davom etmasligi mumkin.

Biroq norasmiy muhokamalarda ancha keskin signallar berilgan. Manbalarga ko‘ra, Kreml Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish niyatida emas va ularni davom ettirish rejasi bor. Bu esa davlat budjetiga bosim ortib borayotgan sharoitda biznesni moliyaviy ishtirokka jalb qilish zaruratini kuchaytirmoqda.

Uchrashuvda ayrim tadbirkorlar darhol munosabat bildirgani ham qayd etilmoqda. Xususan, milliarder Suleymon Kerimov katta miqdorda mablag‘ ajratishga va’da bergan. Bu holat boshqa yirik biznes vakillari uchun ham signal sifatida qabul qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring