Andijonda qator tayinlovlar amalga oshirildi
Andijon viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar va Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Jumladan, To‘lanov Akmaljon Maxammatumarovich Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
To‘lanov Akmaljon Maxammatumarovich 1989 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. U 2013 yilda Andijon mashinasozlik institutini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Ismanov Isomiddin Baxriddinovich Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ismanov Isomiddin Baxriddinovich 1981 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tug‘ilgan. U 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Tezkor vaziyatlarni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
Bundan tashqari Marhamat tumaniga hokim ham tayinlandi.
Tayinlovga ko‘ra, endilikda tumanni shu kunga qadar Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida ishlab kelgan Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li boshqaradi.
Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li 1988 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan.
U 2011 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (kunduzgi), 2022 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter