Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Achchisoy kanalida baliqlar nobud bo‘lishi bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi ma’lum qilishicha, holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar asosida o‘rganilgan.

Tekshiruvlar davomida «Damachi balik» MChJga qarashli baliqchilik ko‘lida suv sathi pasaytirilgani aniqlandi. Bu esa baliqlarda kislorod tanqisligini keltirib chiqargan va 200–300 grammli baliqlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, nobud bo‘lgan baliqlar korxona xodimi tomonidan tozalanib, Achchisoy kanaliga tashlangan. Bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Oqova suvlardan olingan namunalar laboratoriya tahlillaridan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, bir qator ko‘rsatkichlar me’yordan ancha yuqori ekani aniqlangan.

Jumladan, azot ammoniy 1,7 barobar, azot nitrit 1,95 barobarga oshgan. Shuningdek, quruq qoldiq 1,28 barobar, umumiy fosfor esa 1,8 barobar yuqori ekani qayd etildi. Natijada suv obyektlari ifloslanib, ekologik muvozanat va bioxilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan korxonaga 92 mln so‘m miqdorida kompensatsiya hisoblandi. Mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring