Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar ombudsmani Samarqanddagi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Bolalar ombudsmani Samarqanddagi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Tayloq tumanida voyaga yetmagan 2 nafar qizga nisbatan vaqtincha vasiy bo‘lgan ayol tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik sodir etilgani aytilgan xabar tarqalgan edi.

Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, idoraning viloyatdagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 21-aprel kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S. vaqtincha vasiyligida bo‘lgan 2 nafar voyaga yetmagan qizlar B.D (2019-yilda tug‘ilgan) B.M (2017-yilda tug‘ilgan)ning hozirda xorijda bo‘lgan onasi D.M dan pul undirish maqsadida turli shakldagi tazyiq o‘tkazib, bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etib, buni videoga olgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda, tuman vasiylik organi – «Inson» markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylikdan chetlatildi.

Bolalarga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertiza tayinlandi.

Bolalar ombudsmani mintaqaviy vakili tomonidan voyaga yetmagan qizlarning ruhiy barqarorligini taminlash maqsadida psixolog jalb qilindi.

Shuningdek, qizlar tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi hamda yashash hududiga yaqin maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotiga rasmiylashtirilib, bolalarning xavfsiz oilaviy muhitga va ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari tiklandi.

Hozirda xorijdagi qonuniy vakil - bolalarning onasi o‘z ota-onalik majburiyatlarini bajarishi darajasi o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring