Bo‘ri haqidagi yolg‘on xabar qimmatga tushdi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta surat.
Janubiy Koreyada yashovchi erkak «qochib ketgan» bo‘rining SI-surati uchun 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, 2026-yil 8-aprel Tejon shahridagi hayvonot bog‘idan bo‘ri qochib ketgan. Hukumat 300 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, politsiyachi va harbiylarni safarbar qildi. Qidiruvda dronlar, issiqlikni sezuvchi kameralar va bo‘rilarning ulishi yozilgan audiolardan foydalanildi.
Xavfsizlik chorasi sifatida yaqin atrofdagi maktablargacha yopilib, aholiga shoshilinch xabarnomalar yuborildi.
Qidiruv avjiga chiqqan pallada bo‘rining shahar chorrahasida ketayotgani aks etgan SI tomonidan yaratilgan surat internetda tarqaldi.
Ushbu surat rasmiylarni qidiruv shtabini ko‘chirishga va kuchlarni noto‘g‘ri hududga yo‘naltirishga majbur qildi. Politsiyaning ta’kidlashicha, bu soxta tasvir bo‘rining qo‘lga olinishini 9 kunga kechiktirgan.
Shu sababli, bo‘ridan so‘ng feyk surat muallifi ham tutildi, endi u sudda javob beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter