Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Chirchiqda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Chirchiq shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya o‘tkazildi.

Homiladorlikning 33-34-haftasida «kesarcha kesish» yo‘li bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tug‘uruqdan 9 soat o‘tib, shoshilinch ravishda, ustiga-ustak, mahalliy sharoitda o‘ta murakkab amaliyot orqali ajratib olindi.

Yuqori texnologik operatsiya besh soat davom etgan.

«Bu – o‘ta noyob operatsiya. Mana shunday muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklarining shoshilinch ravishda hamda viloyat darajasida muvaffaqiyatli ajratib olinishi mamlakatimiz tibbiyoti yangi bosqichga ko‘tarilganiga dalil», – dedi SSV vaziri Asilbek Xudayarov.

Vazir operatsiyada ishtirok etgan bir guruh mutaxassislarni «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Ayni paytda jajji bemorlarning salomatligi yaxshi va ularning onasiga bugun shifoxonadan uyiga javob berildi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring