Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Chirchiqda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Joriy yil 1-aprel kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasida noxush holat yuz berdi. O‘sha kuni 17 yoshli bola do‘stlari bilan vagon ustiga chiqqan va shu vaqtda elektr tarmog‘idagi yuqori kuchlanishli tok urgan.

Mutaxassislar qayd etishicha, vagon ustiga chiqish vaqtida elektr yoyi hosil bo‘lgan. Bu esa og‘ir oqibatlarga olib kelib, o‘smir kuchli kuyish jarohatlari bilan pastga qulab tushgan.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, o‘smir tanasining taxminan 85 foizi kuygan.

Hozirda bola reanimatsiya bo‘limida bo‘lib, unga intensiv davolash choralari ko‘rilmoqda. Uning holati shifokorlar nazorati ostida ekani bildirildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring