Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorvoq aholisi: «Sea Breeze – hudud uchun imkoniyat»

Chorvoq aholisi: «Sea Breeze – hudud uchun imkoniyat»

VOTUM Rating axborot–reyting agentligi Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan aholi punktlarining yuz nafar aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ularga bitta savol berildi: «Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida qurilishi rejalashtirilayotgan Sea Breeze loyihasiga munosabatingiz qanday?»

Ko‘pchilik – «rozilik bildirdi»:

So‘ralganlarning 72 foizi ijobiy fikr bildirdi,

- 17% – salbiy,

- 7% betaraf qolishni ma’qul ko‘rdi,

- 4 foizi esa loyiha haqida birinchi marta eshitayotganini e’tirof etdi.

Tashabbusni qo‘llab–quvvatlovchilar o‘z nuqtai nazarlarini, avvalo, yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga umid bildirishdi. Mahalliy aholining aytishicha, kurort qurilishi va undan foydalanishda qo‘shni qishloqlardan minglab odamlar – quruvchilardan tortib xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarigacha ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Biz uzoq vaqtdan beri nafaqat Toshkentda, balki shu yerda ham haqiqiy ish o‘rinlari paydo bo‘lishini kutmoqdamiz», – dedi bog‘istonlik aholi vakili.

Ikkinchi muhim sabab – investitsiyalar oqimi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishiga umid. Odamlar yirik loyiha kichik biznes, savdo va turizm uchun turtki bo‘lishiga, bu esa, o‘z navbatida, aholi daromadlarini oshirishiga ishonch bildirmoqda.

Infratuzilma va ekologiya – kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar

Sea Breeze bilan birga mintaqaga infratuzilma o‘zgarishlari kelishi: yangi yo‘llar, kommunikatsiyalar, barqaror internet va nihoyat kanalizatsiya paydo bo‘lishi haqidagi fikr ko‘p takrorlandi. Chorvoq atrofidagi aholi uchun bu nafaqat qulaylik, balki birinchi navbatda ekologiya va salomatlik masalasidir.

«Agar kollektor qurilsa, hamma narsani suv omboriga to‘kish to‘xtatiladi. Chiqindilarni muntazam olib chiqib ketilishini ham istardim. Biz bunga to‘liq rozimiz», – dedi Sijjak qishlog‘idan bo‘lgan so‘rovnoma ishtirokchisi.

Qiziq tomoni shundaki, loyiha tarafdorlari orasida ko‘pchilik uni ekologik yaxshilanishlar bilan bog‘laydi. Ular suv omborining hozirgi holatini «deyarli fojiali» deb baholashmoqda va yirik investorning kirib kelishi tartib o‘rnatish, qirg‘oqlarni tozalash va tabiatdan foydalanishning zamonaviy standartlarini joriy etishga ko‘maklashishiga umid qilishmoqda.

Shubha – poytaxtlik blogerlar ta’sirida

Salbiy munosabatdagi respondentlarning 17 foizi o‘z qarashlarini asosan yozda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan postlar va blogerlarning fikrlari bilan izohlaydi. Asosiy xavotir – ekologik vaziyatning yomonlashishi ehtimoli. Shu bilan birga, tanqidchilar orasida ham ko‘pchilik Chorvoqning hozirgi holati idealdan yiroq ekanligini tan oladi va tizimli yechimlar bo‘lmasa, muammoni hal qilib bo‘lmasligiga qo‘shiladi.

Xulosa

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, Sea Breeze Uzbekistan loyihasi atrofidagi mahalliy jamoatchilik kayfiyati asosan ijobiy. Mahalliy aholi unga nafaqat ish va daromad manbayi sifatida, balki mintaqaning ekologiyasi va infratuzilmasini yaxshilash vositasi sifatida ham umid bog‘lamoqda. VOTUM Rating ushbu mavzu bo‘yicha jamoatchilik fikrini kuzatishda davom etadi va qurilish ishlari boshlanganidan so‘ng yangilangan ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring