Ertadan tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshiriladi
Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lganligi 2024-yil 16-apreldagi VMQ-204-son qaror bilan noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha «bazaviy me’yor» belgilangan (mart-oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 500 kub metrli me’yor oktyabr-fevral oylari uchun beriladi.
Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Kompensatsiya miqdori:
- elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt/soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha;
- tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun.
Shuningdek, 2025/2026 yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.
Ma’lumot uchun, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter