Qatar gazni suyultirish jarayonini to‘liq to‘xtatdi
Yaqin Sharqdagi notinchlik fonida Qatarning «QatarEnergy» davlat energetika kompaniyasi 4-mart kuni gazni suyultirish jarayonini to‘liq to‘xtatdi, deb xabar berdi Reuters. Agentlik manbalariga ko‘ra, kompaniya kamida ikki hafta davomida zavod ishini qayta tiklamaydi.
Ishni davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qilinganidan keyin ham gazni o‘ta sovitilgan yonilg‘i holatiga keltirish va to‘liq quvvatga chiqish uchun yana ikki hafta vaqt talab etiladi.
Dunyo bo‘yicha suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportining qariyb 20 foizi Qatar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat gaz eksportining 80 foizdan ortig‘i Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Pokiston va mintaqadagi boshqa davlatlarga to‘g‘ri keladi.
Agentlikning eslatishicha, 2 mart kuni Osiyoda suyultirilgan tabiiy gazning bazaviy narxlari qariyb 40 foizga oshgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter