Qatarda harbiy vertolyot halokatga uchradi: olti kishi qurbon bo‘ldi
Qatarda harbiy vertolyot halokatida olti kishi halok bo‘ldi va ularning jasadi dengizdan topildi. Bu haqda TASS Qatar Ichki ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, jasadlar Qatar qutqaruvchilari tomonidan topilgan. Bortdagi yana bir kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq Mudofaa vazirligi Qatar qurolli kuchlariga tegishli vertolyot mamlakat qirg‘oqlari yaqinida qulagani haqida xabar bergan edi.
Bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter