Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyalik jurnalistga «Oltin qalam» topshirildi

Fransiyalik jurnalistga «Oltin qalam» topshirildi

Foto: Jurnalistlar uyushmasi

Parijda fransiyalik jurnalistga «Oltin qalam» mukofoti topshirildi. 

​Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labush «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun xalkaro tanlovning bu yilgi g‘oliblaridan biri bo‘lgan edi.

​O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Fransiyaga safari doirasida O‘zbekiston elchixonasida jurnalistga ushbu mukofot tantanali ravishda topshirildi.

​Marosimda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov mamlakatimizda so‘z erkinligi va ochiqlikni ta’minlash, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

​Tadbir davomida Dide Labushga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomasi ham topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring