Jizzaxlik dorifurush yuzlab quti dori bilan qo‘lga tushdi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “M.F.” MChJ rahbari J.S. va fuqaro M.H. sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 7 turdagi 644 dona va 298 quti dori vositalarini 152,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter