Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishida sport musobaqalari tashkil qilinadi

Kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishida sport musobaqalari tashkil qilinadi

Joriy yil 3-martdagi PQ–75-son qaror bilan kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.

Musobaqalar quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich – vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida «Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi» ichki musobaqasi;
  • 2-bosqich – har yili oktyabr oyida «Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi» musobaqasi;
  • 3-bosqich – har yili dekabr oyida «Mudofaa vaziri kubogi» musobaqasi o‘tkaziladi. 

Qarorga ko‘ra, musobaqada g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • 1-bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 10 mln so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi;
  • 2-bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 30 mln so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi;
  • 3-bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 50 mln so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun mudofaa vaziri kubogi.

Mudofaa vazirligi musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Musobaqada ishtirok etuvchi hamda saralab olingan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish maqsadida xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan yagona elektron reyestr joriy etiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring