Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’ruf UMAROV: Mehmonlarni yaqin jigaringizdek kutib olish kerak

Navbatdagi mehmonmimiz Toshkent shahrida joylashgan Inspira-S mehmonxonasi rahbari Ma’ruf Orifovich Umarov.

Judayam katta ijobiy energiyaga ega bo‘lgan suhbatdoshimiz bilan gurugungimiz samimiy kechdi. U ingliz, rus va va yapon tilida o‘z ona tilidek suhbatlashadi va mana shu tillarni bilishi qahramonimizning dunyo miqyosidagi mehmonxonalarda ishlashi, hatto rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan.

Suhbat davomida shuni angladikki, Ma’ruf aka ko‘p qirrali inson, qayerda bo‘lmasin o‘zbek urf-odatlari, qadriyatlarini namoyish qilishni yaxshi ko‘radi. Intervyu davomida ko‘p savol berishga ham hojat qolmadi, akaning o‘zi qiziqarli tarzda hikoya qilib berdi. Bu albatta o‘z kasbining mohir ustasi va tajribali insonlarga xos fazilat hisoblanadi.

 – Asli samarqandlikman, – deydi Ma’urf aka. – 2004 yildan beri Yaponiyada yashab kelib, 35 yoshimda O‘zbekistonga qaytdim. 15 yildan buyon mehmonxona sohasida ishlab kelyapman.

Samarqand turizm kollejida o‘qib, bitirib, o‘sha yerda diplom olib, keyin 2004 yili Yaponiyaga ketganman. Turizm kollejida o‘qib yurganimda Germaniyadan mutaxassislar kelib, bizlarga mehmonxonaning xizmatlarini ko‘rsatgan. Shundan bu sohaga qiziqish boshlangan. Kollejda shuningdek, men ingliz tilini juda yaxshi o‘rganib, keyin yapon tilini o‘rganishga boshlaganman.

Turizm kollejida ikkinchi bosqich bo‘lganimda, yapon tili filologiyasi ochildi. Shu yerda yapon tilini o‘rganib, ozgina «Afrosiyob» mehmonxonasida ham ishlab, kollejni ham bitirdim. Keyin Yaponiyaga bordim. Bu yerda bir-ikki yil turli xil ishlarda ishladim. 2006 yili mehmonxonaga rezyumeni bersam, meni «Formula 1» mehmonxonasidan telefon qilishib, «Keling suhbatga», deyishdi. Suhbatda 800 dollar maosh evaziga yarim shtatga ishga olamiz, deyishdi. Mehmonxonani shu darajada yoqtirardimki, shunga ham rozi bo‘ldim. Oradan bir yil o‘tdi Doimo yangilik qilishga intilardim. Eng katta rahbarimiz kelganida shu ishlarimni ko‘rib qoldi va meni o‘sha mehmonxona bosh direktorining birinchi yordamchisi qilib tayinladi. Ikki oydan keyin ushbu mehmonxona rahbari bo‘lib qoldim. Begona yurtda, yosh rahbar, 24 yoshimda bosh direktor edim. Hammasi shundan keyin boshlandi...

...Vatandoshimiz Ma’ruf Umarovning Yaponiya, Rossiya va hozirda mamlakatimizdagi faoliyati haqidagi hikoyasi bilan saytimizning yutubdagi sahifasida batafsil tanishib, katta taassurot olasiz degan umiddamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring