Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalarga cheklovlar kiritildi (ro‘yxat)

O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalarga cheklovlar kiritildi (ro‘yxat)

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklov kiritildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan qaror asosida kiritilgan:

- Andijon viloyatidagi 143 ta metan zapravka ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Buxoro viloyatidagi 95 ta metan zapravka soat 6:00 dan 19:00 gacha;

- Jizzax viloyatidagi 50 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Navoiy viloyatidagi 51 ta metan zapravka soat 6:00 dan 19:00 gacha;

- Namangan viloyatidagi 134 ta metan zapravka ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan zapravka soat 6:00 dan 18:00 gacha;

- Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan zapravka soat 6:00 dan 17:00 gacha;

- Samarqand viloyatidagi 135 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka ishi soat 6:00 dan 23:00 gacha;

- Toshkent viloyatidagi 117 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Farg‘ona viloyatidagi 173 ta metan zapravka soat 6:00 dan 18:00 gacha;

- Xorazm viloyatidagi 94 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Qashqadaryo viloyatidagi 116 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Qoraqalpog‘istondagi 124 ta metan zapravka soat 6:00 dan 18:00 gacha;

«Hududgazta’minot» bu choralar vaqtincha ekanini, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini bildirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring