«Metan zapravka»lar faoliyatiga cheklov joriy etiladi
Qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargan va shu sababli O‘zbekistonda aholi xonadonlari va ijtimoiy sohani tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida ayrim zarur choralar ko‘riladi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan «metan zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi.
«Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz», – deyiladi vazirlik xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter