O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda — BMT sessiyasida taqdimot o‘tkazildi
Joriy yil 31-avgust — 4-sentyabr kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi implementatsiyasiga bag‘ishlangan 17-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi alohida ma’ruza bilan ishtirok etib, mamlakatda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish, uning implementatsiyasi hamda so‘nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatga ma’lumot berdi.
Xususan, delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlar ortga qaytmas tus olgani, xususan, 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan Prezident hujjati bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilgani, «Raqamli komplayens» axborot-dasturiy kompleksi ishga tushirilgani, davlat organlari, shu jumladan, sud hokimiyati idoralarida korrupsiyani oldini olishning zamonaviy mexanizmlari joriy etilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter