Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlardaavtomobildan xoli hudud”lar yaratilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahri tarixiy markazining Toqi Telpakfurushon madaniy meros ob’yektidan Ark qo‘rg‘oni avtoturargohigacha bo‘lgan qismida, Andijon viloyatining Xonobod shahrida, Farg‘ona viloyatidagi turizm namoyishi ob’yektlari bo‘lgan Farg‘ona shahar I.Karimov nomidagi san’at saroyi, “Eko shaharmadaniy dam olish bog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i, Marg‘ilon shahar E.Vohidov nomidagi istirohat bog‘i, hamda Qo‘qon shahar O‘rda maydoni, “Istiqlol" turizm ko‘chasi hududlariavtomobildan xoli hudud”ga aylantirildi.

Shuningdek, Samarqand tumani «Konigil» turizm qishlog‘ida yangidan tashkil etilgan turizm ob’yektida 2.5 km uzunlikdagi yo‘l avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda. Yo‘lning kirish qismida avtomobillarni taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Registon maydoni va Shohi zinda majmuasini bog‘lovchi 1.5 km uzunlikdagi I. Karimov ko‘chasi avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda.

Bundan tashqari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Nukus shahri «Do‘stlik» dam olish markazidagi hududidagi «Do‘stlik» kanali ko‘chasi;

Andijon viloyati – Andijon shahri, Istiqlol ko‘chasi, O‘rikzor ko‘chasi, Sarikuy ko‘chasi;

Jizzax viloyati – Zargarlik MFY, “Sindor Hamroqulov” ko‘chasi, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi, O‘rda ekologik bog‘i;

Namangan viloyatiObi hayot MFY hududida joylashgan U.Nosir va Lutfiy ko‘chalari;

Qashqadaryo viloyatiShahrisabz shahri Shahrisabz tarixiy maydoni, Shahrisabz tumani Miraki turistik markazi, Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi Mustaqillik maydoni hududida;

Sirdaryo viloyatiGuliston shahar Alisher Navoiy ko‘chasining 0.72 km qismi;

Toshkent shahriMirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi;

Toshkent viloyatiToshkent yo‘li ko‘chasi (Qorasuv MFY), Oybek mahallasida 1 km qismi, Angren shahar «Bunyodkor» ko‘chasi, Do‘stlik MFY S.Rahmatov ko‘chasining 0,9 kilometr qismi;

Navoiy viloyatiYangi O‘zbekiston bog‘i, Ma’naviyat va ma’rifat bog‘i, Sarmishsoy muzey qo‘riqxonasi, Yoshlik ko‘li;

Surxondaryo viloyatiTermiz shahar, Alpomish mahallasidagi A.Navoiy ko‘chasi (ichki yo‘l);

Xorazm viloyatiXiva shahrida joylashgan 24,5 gektar maydonga ega bo‘lganArda Xivaturistik majmuasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring