Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Toshkent shahri va viloyatida dorifurushlarni ushladi

Prokuratura Toshkent shahri va viloyatida dorifurushlarni ushladi

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.     

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Unda fuqaro J.A. (muqaddam sudlangan) 305 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini T.A.ga sotgan vaqtida ushlanib, undan yana 35 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yana bir tezkor tadbirda fuqaro T.A. (muqaddam sudlangan)«Oltin Tepa» MFY hududidagi xonadonda 178 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar F.Yu., T.Ye. va S.O. (muqaddam sudlangan) 84 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro I.Yu.ga 12,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan yana 28 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring