Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura departamentiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Prokuratura departamentiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro B.L. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring