Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda Argosanoat inspeksiyasi bo‘limi rahbari qo‘lga olindi

Jizzaxda Argosanoat inspeksiyasi bo‘limi rahbari qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Baxmal tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sharof Rashidov tumani bo‘limi boshlig‘i D.O. va bosh mutaxassisi A.Sh. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.T.ga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktor-mashinist haydovchilik guvohnomasini olib berishlari evaziga 3,8 mln so‘mni fuqaro F.A. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring